

Manbaning xabariga ko'ra, "Bavariya" polshalik forvard bilan shartnomani uzaytirish borasida faol muzokaralar olib bormoqda.
Levandovskining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. Avvalroq 33 yoshli futbolchi yana to'rt yil professional darajada o'ynashni rejalashtirayotganini aytgandi.
Joriy mavsumda Robert barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi. Yanvar oyida u FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.



