"Bavariya" klublar o'rtasidagi JCH finaliga yo'l oldi

Mirjalol Normatov
9 fev 2021
Qatarda davom etayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Bavariya" Misrning "Al Ahli" jamoasini mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Sovrin uchun kurashda myunxenliklarga "Tigres" jamoasi qarshilik qiladi. Ushbu bahs 11 fevral kuni soat 23:00da start oladi.

"Al-Ahli" (Misr) – "Bavariya" (Germaniya) 0:2

"Al Rayyan Stadium"

Gollar: 0:1 – 17 Levandovski, 0:2 – 85 Levandovski.

"Al-Ahli" – El-Shenavi, Ashraf, Maalul (El-Hanafi, 28), Banun, Magdi Kafsha (Dieng, 70), Qahraba (Bvalya, 69), El-Shahat (Muxsin, 69), Xani, Mostafa (Sherif, 83), Amir al-Sulaya, Fathi.

"Bavariya" – Noyer, Pavar, Boateng (Zyule, 77), Alaba, Devis, Gnabri (Sane, 62), Kimmix, Koman (Musiala, 78), Roka (Tolisso, 69), Myuller (Shupo-Moting, 62), Levandovski.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia