"Bavariya" "Inter" bilan Ivan Perishichning ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
9 avg 2019
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich "Bavariya"ga o'tishga yaqin.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio ma'lum qildi. U bitim borasidagi muzokaralar ko'tarinki ruhda davom etayotganini aytib o'tdi.

Myunxenliklar futbolchini bir yilga ijaraga olishmoqchi.

O'tgan mavsumda Ivan jamoasi tarkibida 45 o'yinda qatnashib, 9 gol urdi va 8 golga assistentlik qildi. Xorvatiyalik o'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar amal qiladi.

Oldinroq,  futbolchiga "Monako" klubidan jiddiy qiziqish bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com