"Bavariya" himoyachisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2025
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis to'rt-olti haftaga safdan chiqdi.

U YCHL doirasida "Feyenoord"ga qarshi o'yinda jarohat olgan va bahsni erta yakunlagan. Birinchi bo'limda u maydonga o'tirib oldi va chap oyog'ida jarohat borligini ma'lum qildi.

"Bild" ma'lumotiga ko'ra, jarohat kutilganidan ko'ra jiddiyroq bo'lishi mumkin. Oldinroq bir qancha manbalar ushbu jarohat ikki haftadayoq bitib kyetishini yozib o'tgandi.

Tibbiy ko'rik esa futbolchining son mushaklari yorilganini tasdiqlagan va bu jarohat jiddiyroq bo'lib chiqqan. Yakunda futbolchining 4-6 haftaga safdan chiqqani oydinlashgan.

Eslatib o'tamiz, Devis dushanba kuni "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Bild