"Bavariya" Gvardiolani qaytarish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda yangi prezident gapirdi

Alisher
18 noya 2019
"Bavariya" yangi prezidenti Xerbert Xayner gaplariga ko'ra, Myunxen klubi Xosep Gvardiolani bosh murabbiylikka qaytarish variantini ko'rib chiqishga tayyor.

"Bavariya" hozirgi vaqtda noyabrda iste'foga chiqarilgan Niko Kovachning o'rniga o'rinbosar izlamoqda.

"Pep Gvardiola - "Manchester Siti" bilan shartnoma orqali bog'langan super murabbiydir. Kengashimiz o'z poziciyasini aniqlagunicha kutamiz va kuzatamiz.", - deydi Xerbert Xayner.

Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan, uning yillik maoshi 19,5 million funtni tashkil etadi.

Ispaniyalik mutaxassis 2013-2016 yillar davomida "Bavariya"da ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: ESPN