

Myunxen klubi futbolchining transferi bo'yicha takliflarni tinglashga tayyor, ammo Gnabri jamoani tark etish niyatida emas. Serj uchun klub ham, shahar ham qulay, u "Bavariya"da o'z avtoritetiga ega. Shuningdek, Gnabri Yozua Kimmix bilan qalin do'st hisoblanadi. Tomas Tuxel ham Gnabrini qadrlaydi va so'nggi haftada uning yomon formasiga qaramay, ishonishda davom etmoqda.
Qolaversa, hujumchi "Bavariya"da juda yuqori maosh oladi. Myunxen klubiga Gnabrini transferi bo'yicha takliflar tushsa ham, boshqa jamoa unga bunday maosh to'lashni xohlamasa kerak.



