"Bavariya" Germaniya terma jamoasiga boykot e'lon qildi

Alisher
25 sen 2019
"Bavariya" prezidenti Uli Xyoness jamoa darvozaboni Manuel Noyerni qo'llab quvvatladi.

Noyer Germaniya terma jamoasida "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen bilan raqobatga ega.

"Agar Noyerni terma jamoaga chaqirishmasa, biz termaga o'yinchilarimizni qo'yib yubormaymiz.

Bizni bunday vaziyat qoniqtirmaydi. Men buni Lyovga aytishni istamas edim. U allaqachon buni eshitib ulgurgan.

Lyov janob ter Shtegen bilan gaplashib olishi, uni burchakka qo'yib, vaziyatni tushuntirishi kerak", - deydi Xyoness.


AlisherMuallif
Manba: soccer.ru