"Bavariya" "Feyenoord" futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
8 mar 2024
Myunxenliklar Alfonso Devis o'rniga Kvilindsi Xartman nomzodini ko'rib chiqishmoqda.

Germaniyaning "Bavariya" klubi Niderlandiyaning "Feyenoord" jamoasi himoyachisi Kvilindsi Xartmanga ko'z tikdi, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.

Ma'lumotlarga ko'ra, myunxenliklar mavsum oxirida Alfonso Devis jamoani tark etsa, uning o'rniga 22 yoshli Xartmanni qo'lga kiritmoqchi. Niderlandiyalikka Italiya A Seriyasi va Angliya Premer-ligasi vakillari ham qiziqish bildirmoqda.

22 yoshli Kvilindsi joriy mavsum "Feyenoord" tarkibida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur