

Bu “Bavariya” uchun evrokuboklarda qo'lga kiritilgan ketma-ket 16-g'alaba bo'ldi. Natijada Flik shogirdlari “Atletiko M”ning rekordini takrorladi.
“Bavariya” YCHLning 2019/20 yilgi mavsumidagi 11 ta bahsda, Yevropa Superkubogida “Sevilya” ustidan, shuningdek, YCHLning amaldagi mavsumida 4 ta o'yinda g'alabaga erishdi.
“Atletiko” esa 2011 yildan 2012 yilga qadar Yevropa Ligasi va Yevropa Superkubogida jami 16 ta g'alabani qo'lga kiritgandi.
Ma'lumot uchun, “Bavariya” 1 dekabrda YCHL 5-turi doirasida “Atletiko” bilan o'ynaydi.



