"Bavariya" Bundesliganing eng yaxshi assistentiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2022
Myunxenliklar "Ayntraxt" hujumchisining o'yinlarini kuzatib borishmoqda.

"Bavariya" Randal Kolo-Muaniga qiziqib qoldi.

"Bild" xabariga ko'ra, klub fransiyalik futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda, biroq hozircha uni qo'lga kiritishga urinishlar yo'q.

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi joriy mavsum Bundesligada "gol+pas" tizimi bo'yicha ikkinchi o'rinni egallab turibdi (5 ta gol va 9 ta golli uzatma).

Kolo-Muanining Frankfurt klubi bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild