"Bavariya" "Borussiya" xavbekining agenti bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
8 mar 2021
"Bavariya" Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Florian Noyxausga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.

Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, myunxenliklar o'yinchining agenti bilan aloqaga chiqishgan.

Oldinroq ushbu futbolchi "Liverpul"ning transfer maqsadlaridan biri ekanligi aytilgan edi.

23 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira