"Bavariya" "Ayaks" futbolchisi uchun uch ingliz klubi bilan kurashadi

Alisher
8 mar 2022, 13:20
"Bavariya", "Nyukasl", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" "Ayaks"ning braziliyalik o'yinchisi Antonini kuzatmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli vinger bilan barcha klublar kelayotgan yozda shartnoma imzolashmoqchi.

Braziliyalik "Ayaks"ga 2020 yilning yozida Braziliyaning "San-Paulu" klubidan 15,75 mln evro evaziga o'tgandi.

Antoni joriy mavsum "Ayaks" tarkibida barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira