"Bavariya" Angliya terma jamoasi himoyachisi masalasida muzokaralar o'tkazmoqda

Sherzod Nurmatov
24 okt 2025
Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, yaqinda Myunxenda "Bavariya" sport direktori Maks Eberl va himoyachi Mark Gexining agenti Gordon Stichin o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Bavariya" uning uchun kurashda to'liq ishtirok etmoqda, chunki himoyachi "Kristal Pelas"ni erkin agent asosida tark etadi. Futbolchi uchun "Real" va "Liverpul" ham davogarlik qilyapti.

Agar Dayo Upamekano shartnomasini yangilamaslikka qaror qilsa yoki Kim Min Je sotilsa, Eberlning asosiy nishonlaridan biri Mark Gexi bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com