"Bavariya" 17 yoshli Musiala bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirmoqchi

Alisher
6 yanv 2021
"Bavariya" hujumchisi Jamal Musiala faoliyatini Myunxen klubida davom ettirishi mumkin.

Myunxenliklar 17 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2025 yilning yoziga qadar uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

"Muzokaralar davom etmoqda. Tomonlar o'rtasidagi ma'lum bir kelishmovchiliklar bor, ammo kayfiyat optimistik: barchasi fevral so'nggiga qadar hal qilinadi", - deydi jurnalist Maks Bilefeld.

Eslatib o'tamiz, Germaniyada tug'ilgan futbolchi shu yildan Angliyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga jalb qilinmoqda.


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsgermany.com