Barton: "Kante eng yaxshi emas, u xatto Chempionlar ligasida ham o'ynagani yo'q"

Aslanov Jasurbek
21 mar 2017
"Byornli" yarim himoyachisi Joi Bartonning fikricha, "Chelsi" yarim himoyachisi N’Golo Kantega xaddan tashqari katta baho berishmoqda deb hisoblaydi.

Fevral yakunlariga ko'ra, fransiyalik Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Bazi mutaxassislar Kanteni jahonning eng yaxshi yarim himoyachisi deb hisoblamoqda, ammo bunday emas. U yaxshi futbolchi, biroq men 3 hafta oldin unga qarshi o'ynadim.

U buzishni biladi, yirik jamoada o'ynaydi, ammo Kante hujumlarni boshlamaydi. Futbolchi Chempionlar ligasida o'ynamagan bo'lsa, unga qanday baho berish mumkin" - deydi Barton.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101 Great Goals