Barton futbol o'yinlariga 1260 marta pul tikkanlikda ayblanmoqda

Aslanov Jasurbek
24 dek 2016
"Byornli" yarim himoyachisi Joui Barton futbol o'yinlariga pul tikkanligi uchun Angliya futbol Asociaciyasi oldida javob berishi kerak.

Futbol associaciyasining E8 bandidagi qoidasiga binoan, o'yinchilar futbol o'yinlariga pul tikishi taqiqlanadi.

Joui Barton 10 yil davomida ushbu qoidani buzganlikda ayblanmoqda. Taxminlarga ko'ra, u futbol o'yinlariga 1260 marta pul tikkan.

Hozircha Barton qaysi bahslarga pul tikkani haqida aniq ma'lumot yo'q, ammo ular orasida APL uchrashuvlari borligi taxmin qilinmoqda.

17 noyabr kuni Barton Shotlandiya futbol associaciyasi tomonidan o'yinlarga pul tikkani uchun 1 uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com