Bartomeu Messining kelajagi haqida: "Leo o'zi istagan vaqtda "Barselona"ni tark etishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2020, 17:45
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Leo o'zi istagan vaqtda "Barselona"dan kyetishi mumkin. Uning klub bilan munosabatlari - bir umrlik.

Messida to'p tepish uchun hali kuch ko'p. Leo yana bir qancha vaqt "Barselona" sharafini himoya qiladi" - deydi Bartomeu.

Lionel Messi joriy mavsum "Barselona" safida LaLiganing 16ta uchrashuvida maydonga tushib, 14ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca