

"Messi o'yinchilarning maoshlarini qisqartirish g'oyasini darhol qo'llab-quvvatladi. Bu orqali ular klubga sodiq ekanliklarini ko'rsatishdi.
Agar maoshlarni qisqartirish haqida qaror qabul qilmaganimizda mas'uliyatsiz rahbarlar bo'lib qolardik. Iqtisodiy holat murakkab pallada, shu sabab klubni himoya qilish uchun hamma choralarni ko'rish zarur. "Barselona" xavf estida emasdi. Lekin, biz harajatlarni ayni paytda qisqarib ketgan daromadlar bilan muvofiqlashtirishimiz kerak edi", - deya Bartomeuning so'zlarini keltirdi "Sport.es" nashri.
Oldinroq, "Ko'k-anorranglilar" yetakchisi Messi asosiy jamoa futbolchilari murakkab pallada klubga yordam berish maqsadida maoshlarining 70 foizidan voz kechishlarini e'lon qilgan edi.
Shuningdek, argentinalik o'zi va jamoadoshlari "Barselona" xodimlari maoshlarini to'liq olishlari uchun ularga ham pul o'tkazib berishlarini aytgandi.




