"Barselona"ning sobiq futbolchisi APL klubi shartnomasini bekor qildi

Alisher
6 avg 2019
"Stok Siti" hujumchisi Boyan Krkich jamoani tark etdi.

28 yoshli ispaniyalik futbolchi klub bilan shartnomani bekor qilish masalasida kelishib oldi.

Krkich faoliyatini "Barselona"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi bundan tashqari "Roma", "Milan", "Ayaks", "Maync 05" va "Alaves" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/stokecity