"Barselona"ning futzal jamoasi kvadrupl amalga oshirdi. Laporta klub muzeyida to'rtta sovrinni taqdim etdi

Alisher
28 iyun 2022, 12:40
"Barselona"ning futzal jamoasidan kvadrupl!

Klub shanba kuni Ispaniya chempionatida g'alabaga erishdi. Bu kataloniyaliklar uchun joriy mavsumdagi to'rtinchi sovrin bo'ldi. Oldinroq, "Barsa" Chempionlar Ligasi, Ispaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan edi.

Klub prezidenti Joan Laporta barcha to'rtta sovrinni klub muzeyida namoyish etdi.

"Klub og'ir davrni boshdan kechirayotgan bir paytda futzal jamoamiz bizga taqdim etgan quvonchi uchun juda minnatdormiz, ular eng muhim to'rtta sovrinni qo'lga kiritgan holda, ajoyib mavsumni o'tkazishdi", – deydi Laporta.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport