Barselonaning 16 yoshli futbolchisiga narx qo'ydi. Avvalroq PSJ 200 million taklif qilgandi

Khoja
24 mar 2024
Barselona prezidenti Joan Laporta Lamin Yamalga taklif qilingan pullar haqida fikr bildirdi.

Bizga 200 millionlik taklif tushdi. Biroq biz bittada rad javobini berdik. Jamoa Yamalning kelajagiga ishonadi va uni sotishdan maqsad yo'q. Biz yetakchilarimizni sotishni reja qilmayapmiz. Agar kimdir Yamal yoki yana boshqa yetakchi futbolchilarimizni xarid qilishni istasa, bizning hisob raqamimizga 1 milliard evro o'tkazib bersin, - dedi Laporta.

Avvalroq, PSJ Yamalga 200 million evro taklif qilgani ma'lum qilingandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com