

"Rossoneri" rahbariyati portugaliyalikni jamoaning eng muhim futbolchisi deb hisoblaydi va unga "tegilmaslik"ni maqul ko'rishmoqda. Garchi so'nggi paytlarda mish-mishlar oralagan bo'lsa-da, u "Barselona"ga o'tmaydi. "Milan" futbolchisi sotilmasligini "Barselona" tomonga ma'lum qilgan.
Oldinroq tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, Niko Uilyamsning transferi barbod bo'lganidan keyin "Barselona" Leau nomzodini ilgari surgandi. Endi e'tibor "Yuventus" futbolchisi Federiko Kezaga qaratilishi kutilmoqda.



