Barselonada Azar familiyali futbolkalar sotuvi yo'lga qo'yildi

Eldor Akmurzayev
7 iyun 2019, 21:15
Kataloniyaning Barselona shahri aeroportidagi Realning rasmiy do'konida Azar familiyali 7 raqam ostidagi futbolkalar savdo shaxobchalarida paydo bo'ldi.

Qirollik klubi yaqin orada Chelsi yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Avvalroq, qaymoqranglilarning ettinchi raqami Krishtianu Ronalduga, undan so'ng esa Mariano Diasga tegishli edi.

Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchi Belgiya terma jamoasidagi yig'indan keyin rasmiy tarzda madridliklar a'zosi sifatida tanishtiriladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Espana