"Barselona" yozda Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
17 sen 2024
23 yoshli yarim himoyachi yozda "Everton"dan "Aston Villa"ga ko'chib o'tgandi.

"Marca" nashrining xabariga ko'ra, "Barselona" tayanch yarim himoya zonasiga munosib nomzod izlamoqda. Amadu Onana esa so'nggi vaqtlardagi o'yinlari bilan klub e'tiborini tortgan. Kataloniyaliklar Onana orqali markazdagi muammolar hal bo'lishiga ishonmoqda. 

Joriy mavsum, APLning 4 ta o'yinida maydonga tushgan Amadu 2 ta gol urishga ulgurdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca