

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado bilan bitimni uzaytirish niyatida, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabarlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" allaqachon 20 yoshli Kasado bilan muzokaralar olib bormoqda. Gap 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma haqida ketmoqda.
Kasado ushbu mavsum "Barselona" asosiy tarkibida 19 ta o'yinda qatnashdi.



