"Barselona" Yaponiya va Koreyada mavsumoldi turne o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
10 may 2025
Uchta o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan.

"Barselona" kelasi yozgi mavsumoldi tayyorgarlik rejalarini aniqlab oldi. Klub Osiyo bo'ylab turnega chiqadi. Kataloniya klubi 21 iyuldan 4 avgustga qadar Yaponiya va Koreya Respublikasida uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

"Barselona" Klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etmayotgani sababli Osiyo safari mavsumoldi dasturning asosiy yo'nalishi bo'ladi. Jamoa dastlab Yaponiyaga bitta o'yin o'tkazish uchun yo'l oladi, shundan so'ng yana ikkita o'yin o'tkazish uchun Koreyaga otlanadi.

Ushbu uchta o'yin uchun "Barselona" kamida 15 mln evro oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com