"Barselona" xarid qilmoqchi bo'lgan Rabo "Manchester Siti"ga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchi PSJ bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng ingliz jamoasiga o'tmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Rabo va Parij klubi o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida o'z kuchini yo'qotadi. "Manchester Siti" rahbariyati yozgi transfer oynasida futbolchi bilan muzokaralarni boshlamoqchi.

Oldinroq, "Barselona" Raboni o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy harakat qilgan edi, ammo parijliklar futbolchining ketishiga imkon bermadi.

Rabo 2012 yildan beri PSJ sharafini himoya qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro