

"Agar sport rahbariyati Messining transferini zarur deb hisoblasa, biz buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Biz mo'jizalar yarata olamiz. Leo – "Barselona" uchun qadrli futbolchi. U uchun eshiklarimiz doimo ochiq", – dedi Romeu.
Eslatib o'tamiz, Messining PSJ bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi, biroq Fransiya klubi u bilan "1+1" ko'rinishida kelishuvni uzaytirmoqchi.
35 yoshli Messi joriy mavsum PSJ safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



