"Barselona" va "Siti" vakillari "Leyptsig" futbolchisi agenti bilan uchrashishdi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2024, 19:19
"Barselona" Dani Olmo transferi borasida ishlarni boshlab yubordi.

Ma'lumotlarga ko'ra, chorshanba kuni Kataloniya klubi sport direktori Deku Olmoning agentlari va otasi bilan uchrashib, Danining "Barselona"ga o'tish imkoniyatlari bilan qiziqqan. Klub "Leyptsig" yarim himoyachisini yozdagi asosiy maqsad deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari Olmo vakillari o'tgan haftada "Manchester Siti"dan kelgan "mehmonlar" bilan ham uchrashuv o'tkazgan.

Ispaniyalik yarim himoyachining "Leyptsig" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Bitimdagi tovon puli - 60 mln. evro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo