"Barselona" va PSJ Neymar borasida kelishib olishdi, ammo...

Aslanov Jasurbek
28 avg 2019
PSJ va "Barselona" Fransiya klubi hujumchisi Neymar transferi borasida kelishib olishdi, ammo "Barselona" forvardi Usmon Dembele bunga qarshilik qilmoqda.

Kechagi muzokaralardan so'ng tomonlar Neymar bo'yicha kelishib olishdi. Ma'lum bo'lishicha, "Barselona" va PSJ o'rtasidagi transfer "pul+futbolchi(lar)" sxemasi bo'yicha amalga oshadi.

"Barselona" kelishuvga Ivan Rakitichni qo'shishi mumkin. Shu bilan birga Kataloniya klubi 130 mln. evroga sotish sharti bilan Dembeleni ijaraga bermoqchi.

PSJni bu taklif qoniqtirdi. Ammo Dembele "Barselona"da qolmoqchi. PSJ Kataloniya klubi javobini kutmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe