"Barselona" va "Manchester Yunayted" shvetsiyalik futbolchi nomzodini ko'rib chiqishmoqda

Aslanov Jasurbek
4 may 2022
"Barselona" va "Manchester Yunayted" "Xammarbyu" yarim himoyachisi Villiot Svedbergni kuzatishmoqda.

Svedberg "Xammarbyu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bosh jamoada 2021 yilda 17 yoshida debyut qilgan.

U shu paytga qadar asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi va 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi. 

Uning ushbu hafta "Malmyo"ga qarshi o'yindagi harakatlarini "Barselona" va "Manchester Yunayted" skautlari kuzatishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru