"Barselona" va "Arsenal" Rafinya bilan shartnoma tuzishga umid qilmoqda

Aziz Tukhtamuradov
30 iyun 2022
"Lids" futbolchisi Rafinya va "Chelsi" klubi o'rtasidagi muzokaralarning bazi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

Insayder Fabrisio Romanoning ma'lum qilishicha, "Chelsi" va "Lids" o'zaro kelishuvga erishgan. Londonliklar endi Rafinyaning javobini kutishmoqda. 

"Barselona" va "Arsenal" shunga qaramay, braziliyalik futbolchini o'zlari tomon og'dirib olmoqchilar. Avvalroq, "Barselona" va Rafinya og'zaki kelishuvga erishgani haqida ham ma'lumotlar paydo bo'lgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com