Barselona tovon puli 100 million evro bo'lgan hujumchini sotib olmoqchi

Khoja
14 noya 2024
Barselona Robert Levandovskiga o'rinbosar izlashda davom etmoqda.

Kataloniyaliklar Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Samu Omorodionga qiziqish bildirmoqda. O'tgan yozda Atletikodan Portuga ko'chib o'tgan hujumchining tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi.

20 yoshli hujumchining Portugaliya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan. Hujumchi joriy mavsum 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 12 ta gol urdi.




KhojaMuallif
Manba: championat.com