"Barselona" Stouns xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
29 may 2016
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Everton" himoyachisi Jon Stouns xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ammo Kataloniya klubi bu xaridni amalga oshirishi juda qiyin bo'ladi. Ingliz klubi Stouns uchun 80 mln. evro so'rayapti, "Barselona" esa bunday miqdordagi mablag'ni sarflamoqchi emas. Ammo APL klublaridan biri ko'rsatilgan pulni to'lashga tayyor.

Stouns yakunlangan mavsumda Premer-liganing 33 uchrashuvida ishtirok etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo