"Barselona" Sterling va Olmoni tarkibiga qo'shib olmoqchi

Mirjalol Normatov
5 okt 2021
"Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo va "Manchester Siti" yetakchisi Rahim Sterling "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Olmo ancha vaqtdan buyon Kataloniya klubining nishonida bo'lib turibdi. Klub uni o'tgan yozda sotib olishi mumkin edi. "Barsa" uni qishda sotib olishga urinib ko'radi.

Jurnalist Oriol Domenek xabariga ko'ra, "Barselona" endi Rahim Sterlingning nomzodini ko'rib chiqmoqda. Klubdagilar uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni reja qilmoqda.

Olmo ushbu mavsumda Bundesliganing 2 o'yinida maydonga tushdi. Sterling esa APLning 7 o'yinida 1 assist muallifiga aylandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal