"Barselona" "Spotify"dan yiliga qancha ishlab olishi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022
"Barselona" "Spotify" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

"ESPN" xabariga ko'ra, tomonlar kompaniya logosining nafaqat asosiy liboslari, balki, mashg'ulot ekipirovkalariga ham yopishtiriladi.

Undan tashqari, kompaniya nomi "Kamp Nou"ga qo'shib aytiladi. Bularning barchasi uchun Kataloniya klubi yiliga 57 million evro ishlab oladi.

"Barselona" ushbu kompaniya bilan hamkorlik yo'lga qo'yilganini kelasi hafta e'lon qilishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN