Barselona Singapurda sport maktabini ochadi

Tolibjon Qosimov
5 avg 2013
So'nggi oylarda Barselona Hindiston, Braziliya va Santo-Domingoda o'z sport maktablarini ochgandi.
Navbatdagi maktab Singapurda ochiladi, bu erda klub ikki yildan buyon futbol lagerini tashkil etib kelmoqda.

Barselonaning Singapurdagi futbol maktabi 21 sentyabr kuni Avliyo Patrik maktabi hududida ochiladi.

Ushbu maktabda 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan 250 nafar bolalar tahsil olishadi. Ushbu loyiha koordinatori sifatida Karlos Martin tayinlangan. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru