"Barselona" "Shtutgart" futbolchisini ko'z ostiga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
11 iyun 2024
"Shtutgart" yarim himoyachisi Anjelo Shtiller faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi xizmatlariga "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubiga futbolchining universalligi maqul kelmoqda.

Shtiller "Shtutgart"da o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo yaxshi taklif bo'lsa, klub yarim himoyachisi bilan xayrlashishga qarshi bo'lmaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com