"Barselona" Semeduni sotgan taqdirda "Arsenal"dan Belerinni ijaraga olishga urinib ko'radi

Alisher
13 sen 2020, 10:14
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin "Barselona" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Kataloniyaliklar himoyachi Nelson Semeduni sotishni uddasidan chiqqan taqdirda, ular "La Masiya"da shug'ullangan Belerinni ijaraga olishga urinib ko'radi.

Shuningdek 25 yoshli ispaniyalik futbolchining to'liq "ko'k-anorranglilar" futbolchisiga aylanish ehtimoli ham istisno etilmayapti.

Ektor Belerin joriy mavsum hozircha APLning 1-turida maydonga tushdi va unda to'liq harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: Marca