La Liga. “Barselona”dan super kambek. Xavi shogirdlari so'nggi o'n daqiqa ichida 0:2ni, 3:2ga aylantira oldi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2023
"Barselona" hamda "Selta" o'rtasidagi LaLiganing 6-tur o'yini yakunlandi.

"Barselona" - "Selta" 3:2 LIVE

Gol: 19 -  Yorgen-Strand Larsen, 76 - Anastasios Duvikas, 81 - Robert Levandovski, 86 - Robert Levandovski, 89 - Kanselu

"Barselona": ter Shtegen, Kanselu, Ferran Torres, Levandovski, Joau Feliks, Kristensen, Markos Alonso, Romeu, De Yong, Gyundogan, Kyunde.

"Selta": Ivan, Mingesa, Unai, Starfelt, Karlos, Mixaylo, Beltran, Luka, Aspas, Larsen, Bamba.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+3. Oskar Mingesaning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

Hakam ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berdi

89. GOOOOOOOOOOL. Kanselu hisobni mezbonlar foydasiga o'zgartimoqda. Qanday o'yin, Barselonadan super kambek

85. GOOOL. Levandovski Barselonaning ikkinchi golini urib, hisobni tenglashtirmoqda

81. GOOOL. Levandovski hisobni qisqartirmoqda. Feliksdan ajoyib uzatma

76. GOOOL. Mehmonlardan qarshi hujum tashkil etish bo'yicha master klass. Selta o'z maydonchasidan tezkor qarshi hujum tashkil etdi va Anastasios Duvikas so'nggi nuqtani qo'yishda adashmadi

74. Shu daqiqaga kelib, mezbonlar ilk bor burchak zarbasiga ega bo'ldi va omadsizlik

73. Baldening zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

72. O'zgarish: Rafinya maydonga tushdi, u Torresni alishtirdi

71. Ter Shtegendan navbatdagi seyv. Bambaning ajoyib va aniq zarbasini nemis darvozaboni qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi

67. Ikki daqiqa ichida Torres ikkita imkoniyatdan foydalana olmadi

66. O'zgarish: Anastasios Duvikas maydonga tushdi, u uchrashuvdagi hozircha yagona gol muallifi Yorgen-Strand Larsenni alishtirdi

64. AJOYIB IMKONIYAT. Ristich maydon markazida juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. To'pni olib qo'ygan Gyundogan Torresni birga bir chiqarib yubordi. Biroq hujumchining zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

62. Mehmonlar ikkita uzatma bilan Barselonaning himoyasini sochib tashlashdi. Biroq de la Torrening uzatmasiga aniqlik yetishmadi

60. O'zgarish: Alexandro Balde maydonga tushdi, u  Kristensenni alishtirdi

57. Araxuoning kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Nihoyat mezbonlarda ilk aniq va kuchli zarba

56. Bu safar Fran Beltran uzoqdan zarba yo'lladi, biroq noaniq. O'yin natijasi bilmagan muxlislar uchrashuvda Barselona g'alaba qozonmoqda deb o'ylaydi, mehmonlarning hujumlarini ko'rib...

55. Oskar Mingesaning zarbasi to'g'ri darvoza tomonga yo'llandi, biroq darvozabon o'z o'rnida

53. Aspas yaxshi harakat qildi va zarba yo'lladi, biroq himoyachi to'pni qaytarmoqda

51. Levandovskining uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi

49. Gavi o'z maydoning ichida Bambani yiqitgandek tuyildi. Hakamlar VARga qaradi va barchasi toza ekanligini ma'lum qilishdi

46. O'zgarish: Arauxo va Yamal maydonga tushdi. Ular Markos Alonso va Oriol Romeuni alishtirdi

Ikkimchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

45. Bamba yana yaxshi kirib bordi va zarba yo'lladi, Ter Stegen to'pni ushlab oldi

43. Ogohlantirish: Unai Nunes Feliksga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun hakam unga sariq ko'rsatdi

41. QANDAY IMKONIYATLAR!!! Mehmonlarda bir yo'lla ikki marta ajoyib imkoniyat bo'ldi. Birinchi Larsenning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to'pni esa Luka de la Torre darvozaga joylay olmadi

39. Ogohlantirish: Hozirgina maydonga tushgan Gavi hakam tomonidan ogohlantirildi

38. Kundening uzatmasidan so'ng Alonso boshi bilan zarba yo'lladi, to'pni darvozabon ushlab oldi. Bu Barsaning ilk aniq zarbasi

36. O'zgarish: De Yong jarohat oldi va uning o'rniga Gavi maydonga tushdi

35. Ogohlantirish: Kristensen maydon markazida qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi

30. Alonsoning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi. Hozircha kataloniyaliklar raqib darvozasiga aniq zarba yo'llagani yo'q

28. Uchrashuv borgan sari qizib bormoqda. Feliks raqib maydoni ichiga uzatilgan to'pni to'xtatishda biroz noaniq harakat qildi va raqib darvozaboni to'pni ushlab oldi

27. Luka de la Torre hisobni oshirishi mumkin edi, biroq bunga Romeu yo'q qo'ymadi

24. Bamba yaxshi harakat qildi va uzatmani amalga oshirdi, biroq Aspasning zarbasiga aniqlik yetishmadi

23. Uchrashuvdagi Barselonaning ilk zarbasi. Feliksning zarbasiga aniqlik yetishmadi

22. Mehmonlar gol urganidan so'ng navbatdagi ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi. Biroq Bamda o'z imkoniyatini yo'qqa chiqardi

19. GOOOL. Yorgen-Strand Larsen hisobni ochmoqda. Mezbonlar hujum qildi, golni esa mehmonlar urib kyetishmoqda

11. Gyundogan qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, biroq yana Selta himoyachilari yaxshi harakat qildi

7. Hozircha Barselona hujum qilishga harakat qilmoqda. Mehmonlar esa hozircha yaxshi himoyalanmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia