“Barselona” Ronalduni o'zgacha uslubda “troll” qildi

Eldor Akmurzayev
7 dek 2020
Xabaringiz bor, ertaga Chempionlar Ligasi so'nggi turidan o'rin olgan “Barselona” – “Yuventus” uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahs oldidan kataloniyaliklar chiqargan o'yin uchun afishadan ikkala jamoa yetakchilari Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu joy oldi. Muxlislar e'tiborini tortgan holat esa Messining yonida turgan oynadagi “GOAT” yozuvi (barcha davrlarning eng buyugi) bo'ldi. Klub matbuot xizmati geolokaciya o'rniga ham ushbu qisqartmani anonsga biriktirib, Messiga ishora qildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/fcbarcelona