"Barselona" qishda Firponi sota olca, Garsiya bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
5 yanv 2021
"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiyaning qishdayoq qanday holatda "Barselona"ga qaytishi mumkinligi ayon bo'ldi.

Kataloniya klubi qishki transferlar oynasida himoyachi Junior Firponi sota olsa, Garsiyani xarid qilishi mumkin.

24 yoshli Firpo joriy mavsum "Barselona" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta assist qayd etdi, uning transfer narxi 14 million evroga baholanmoqda.

Garsiya esa anchadan beri Kataloniyaga qaytishni xohlaydi. "Barselona" tarbiyalanuvchisi uyiga qaytmoqchi, ammo uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi yana 6 oyga amal qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero