

“Barselona” muxlislari haqiqatni bilishga haqli. Qo'ldan kelmaydigan ishlarga vada berish kerak emas. Birinchi Chempionlar ligasini yutamiz deb maqtanamiz, keyinchalik esa turnirga pul ham qolmaydi. Hozirda “Barselona”da ahvol qanaqa bilmayman, lekin yaxshi emasligi aniq.
To'g'risini aytish kerak deb o'ylayman. Hozir bizda bir tiyin pul yo'q. Yaqin 2-3 yil ichida akademiya qattiq e'tibor berib, bu vaziyatdan chiqib ketamiz deb, to'g'risini aytish kerak”, - dedi Pike.


