"Barselona" Munirning o'rniga boshqa futbolchi topdi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019
"Barselona" jamoani tark etgan Munir El-Xaddadining o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi.

"Football Espana" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar "Jirona"dan Kristian Stuanini transfer qilishmoqchi. "Blaugrana"lar 32 yoshli futbolchi uchun 15 million evro to'lashga tayyorlar.

Bu mavsumda urugvaylik to'purar 17 o'yinda 12 gol kiritdi va to'purarlar ro'yxatining 3-pog'onasiga chiqib oldi.

Kristianning "Jirona" bilan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana