"Barselona" "Manchester Siti" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
14 mar 2020
"Manchester Siti" himoyachisi Anxelino "Barselona" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Kataloniyaliklar ispaniyalik fulbekning harakatlarini kuzatmoqda va uni yozgi transferlar oynasida xarid qilishga urinib ko'radi.

"Ko'k-anorranglilar" 23 yoshli o'yinchini "Kamp Nou"da o'zini ko'rsata olmayotgan Xunior Firponing o'rniga xarid qilmoqchi.

Anxelino yanvarda ijara asosida "Leyptsig"ga o'tgan edi va u yangi jamoasida 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Futbolchining "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo