Barselona Levandovski bilan yangi shartnoma tuzishga tayyor, faqat bitta shart bilan

Khoja
27 apr 2024
Barselona Robert Levandovski bilan kelishuvni uzaytirishga tayyor.

 Buning uchun, 35 yoshli futbolchi oyligini ma'lum miqdorda tushirishga rozi bo'lishi lozim.

Robert bilan tuzilgan kelishuvga ko'ra joriy mavsum Barselona futbolchiga 26 million evro to'lashi lozim, kelasi yil esa bu mablag' 32 millionga oshishi kerak . Kataloniya klubi kelasi yilgi oylikni ma'lum miqdorda tushirishni reja qilgan.

Agarda muzokaralar omadsizlik bilan yakunlansa, Barselona rahbariyati Levani yozda sotishga harakat qilib ko'radi.

Ma'lumot uchun, Levandovski joriy mavsum barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 20 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com