

"Barselona" Joau Kanselunning o'tishi haqidagi e'lonlarni olib tashladi. Bugun Kataloniya klubi "Al Hilol" himoyachisini mavsumning oxirigacha ijaraga olganini ma'lum qildi.
Biroq, keyinroq "Barselona" Portugaliya terma jamoasi futbolchisining o'tishi haqidagi barcha xabarlarni o'z sayti va ijtimoiy tarmoqlaridan olib tashladi. Hozirda saytda faqat portugaliyalik tibbiy ko'rikdan o'tgani haqidagi ma'lumot qolgan.
Kataloniyalik jurnalist Alfredo Martinesning aytishicha, ehtimol, "Al Hilol" talab qilayotgan va yaqin orada olinishi kerak bo'lgan hujjat hali taqdim etilmagan. Ammo raqamlar va boshqa tafsilotlar allaqachon to'liq kelishib olingan. Transfer bekor bo'lish xavfi ostida emas.



