

"Barselona" Joau Kanselu transferi bo'yicha "Al Hilol"ga rasmiy taklif yubordi.
Kataloniya klubi 31 yoshli himoyachini ijaraga olishga va uning maoshining kichik bir qismini qoplashga tayyor. Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, ayni damda tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Avvalroq "Inter" Saudiya klubi bilan futbolchining transferi borasida kelishib olgani xabar qilingandi, biroq Kanseluning o'zi aynan "blaugrana" safiga o'tishni afzal ko'rmoqda.



