

"Barselona" "Kamp Nou" stadionini rekonstrukciya qilishni boshladi. Bu haqda klubning Twitter'dagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
Kataloniyaliklar keyingi mavsumni "Kamp Nou"da o'tkazadi, bir yildan so'ng esa Lyuis Kompanis nomidagi "Olimpiya" stadioniga ko'chib o'tadi. Shu boisdan ham "ko'k-anorranglilar"ning uy uchrashuvlariga tashrif buyuruvchilar soni 2 barobar kamayadi. "Barselona" ushbu arenada o'yin o'tkazishdan oldin uning bazi binolarini yangilaydi.



