"Barselona" himoyachisi jamoani tark etishga yaqin

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018
"Barselona" himoyachisi Aleysh Vidal jamoani tark etishga yaqin turibdi.

"Marca" xabariga ko'ra, 28 yoshli bek faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradi. Yaqin vaqtlarda tomonlar transferning shartlarini kelishib olishadi.

O'tgan mavsumda Vidal "Barselona" tarkibida 25 uchrashuvda qatnashib, 2 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca